DOXXIM
Doxxim (asl ismi — Qurbonali Moʻminov; 1999-yil 27-martda tugʻilgan) — oʻzbek repperi, qoʻshiq muallifi va ijrochi. Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida tugʻilib oʻsgan. Oʻzbek rep sahnasida old school va emo-rap (lirik) yoʻnalishidagi treklari bilan tanilgan.
Boshlanishi
Doxxim musiqaga 2014-yilda, dastlab BigRaps Production nomi ostida kirib keldi. 2018-yildan beri Doxxim taxallusi bilan ijod qiladi. Treklarining katta qismi Angrendagi NavoRec studiyasida yoziladi. Ijodi ko‘pincha bolalik xotiralari, atrofidagi odamlar va do‘stlari bilan bog‘liq voqealar hamda shaxsiy hikoyalardan oziqlanadi.
Uslubi
Doxximning musiqasi old school rapning ritmik asosini emo-rapning hissiy ohangi bilan birlashtiradi. U oʻzbek tilida yozadi va soʻzga, sheʼriy ifodaga alohida eʼtibor beradi. Matnlarida sevgi, yoʻqotish, ichki kurash hamda jamiyatdagi muammolar yetakchi mavzular boʻlib keladi. Bulardan tashqari, u tarixiy va milliy mavzularga ham murojaat qiladi — “Ibrohimbek Qoʻrboshi”, “Poʻlatxon qoʻzgʻaloni”, “Qahramon Toshkent” va “Choʻlponni Boltalashdi”, Paxta ishi shular jumlasidan. Shaxsiy hayoti haqida kam gapiradi; eʼtiborni asosan ijodiga qaratadi.
Albomlari
Birinchi albomi — Leonardo da Vinci (2019). Undagi “Chiroyligim Gulim” treki tinglovchilar orasida keng tarqaldi va repperning tanilishida muhim oʻrin tutdi.
Ikkinchi albomi — Martin Iden (2020–2021) — yigirmata trekdan iborat boʻlib, uslubiy izlanish va lirik chuqurlik jihatidan ijodidagi yangi bosqich boʻldi.
Oʻrni
Doxximning ijodi oʻzbek yoshlari va chet eldagi oʻzbek muxlislari orasida tanilgan. U oʻzbek rep sahnasining shakllanishiga hissa qoʻshgan ijrochilardan biri sanaladi.
ENG SOʻNGGI TREK — “Paxta ishi”
Spotify, Apple Music, Yandex Music, YouTube va boshqa platformalarda.